Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroildagi o‘zbekistonliklar jiddiy ogohlantirildi

Isroildagi o‘zbekistonliklar jiddiy ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasi hozirgi murakkab harbiy-siyosiy vaziyat tufayli Isroil havo fazosi vaqtincha yopilganligini ma’lum qilmoqda.

Ushbu mamlakatdagi fuqarolaridan esa shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Elchixonaga jiddiy va zarur ehtiyojsiz kelishdan tiyilib turishlarini qat’iy tavsiya qilgan.

«Bugun Isroil hududiga kuchli raketa hujumlari kuzatilishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan o‘z xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida ehtiyot choralarini ko‘rishingizni va Isroil Front orti qo‘mondonligi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.

Sizning qulayligingiz uchun Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda», – deyiladi axborotda.

Diplomati idora aloqa uchun quyidagi raqamlarni qoldirgan:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

  • +972 54 485 1397
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring