Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroildagi o‘zbekistonliklar uchun mamlakatdan chiqish yo‘llari ma’lum qilindi

Isroildagi o‘zbekistonliklar uchun mamlakatdan chiqish yo‘llari ma’lum qilindi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklarga yo‘l ko‘rsatildi.

Jumladan, ular quyidagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin:

  • «Menaxem Begin» / «Taba» — Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o‘rtasida);
  • «Shayx Xusayn» — Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari o‘rtasida);
  • «Itsxak Rabin» / «Vadi Arava» — Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari o‘rtasida).

Qayd etilishicha, barcha ko‘rsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Misr orqali – «Menaxem Begin»/ «Taba» nazorat-o‘tkazish punkti (Eylat sh.)

O‘zbekiston fuqarolari ushbu punktni kesib o‘tib, Misrga vizasiz («Sinay kirish muhri» orqali) kira oladilar. «Sinay kirish muhri» - 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida bo‘lish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas).

21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart.

«Taba»dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud.

Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):

  • «UzAirways»: Haftasiga 3 marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.
  • «Turkish Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga) (Toshkentga tranzit).
  • «Pegasus Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga («Sabixa Gyokchen» aeroportiga)  (Toshkentga tranzit).

Iordaniya orqali:

«Shayx Xusayn» (Bayt-Shean sh.) yoki «Itsxak Rabin»/»Vadi Arava2» (Eylat sh.) nazorat-o‘tkazish punktlari.

Ushbu punkt orqali Iordaniya poytahtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanish mumkin:

  • «Ummon – Istanbul – Toshkent»
  • «Ummon – Dubay – Toshkent»

Eslatma: Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur:

  • https://www.moi.gov.jo
  • https://moi.gov.jo/EN/Pages/Visa_E_Applications
  • https://www.eservices.moi.gov.jo.

Zarur hollarda O‘zbekiston Elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:

  • Misrda (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, eg.uzembassy@mfa.uz);
  • Saudiya Arabistonida, o‘rindoshlik asosida Iordaniyada (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);
  • Isroilda (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).

O‘zbekistonliklardan, shuningdek, Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini ko‘rishni va Front orti buyrug‘i tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring