Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda 6 yoshli o‘zbekistonlik bola halok bo‘ldi

Istanbulda 6 yoshli o‘zbekistonlik bola halok bo‘ldi

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi

Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida o‘zbekistonlik 6 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Hodisa 2026 yil 8 iyun kuni Istanbulning Fotih tumani, Laleli mavzesidagi tramvay bekatida sodir bo‘lgan.

Ota-onasi va yaqinlari bilan Turkiyaga sayyoh sifatida borgan bola tramvaydan tushganidan so‘ng bekat va relslar oralig‘ida qisilib qolgan. Transport vositasining harakatlanishi natijasida u og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda hodisa yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirib, zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, diplomatik vakolatxona yirik shaharlarda jamoat transportidan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, voyaga yetmagan bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik va ularning xavfsizligiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring