Iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar 1,5 foizga qimmatladi

May oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,5 % ga oshgan.
Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. 2025 yilning may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,5 % ga qimmatlashgan.
Iste’mol sektoridagi narxlar 2025 yilning may oyida yillik INI 108,7 % ni tashkil etib, joriy yilning aprel oyiga (110,1%) nisbatan 1,4 foiz bandga pasaydi.
2025-yilning may oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 % ga pasaydi, nooziq-ovqat tovarlari 1,7 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 5,9 % ga oshgani kuzatilgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan.
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter