Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT Park hududida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi ochiladi

IT Park hududida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi ochiladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 1-fevral kuni «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-25-son Farmoni qabul qilindi.

Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar bozorining investitsiya jozibadorligini oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, raqamli texnologiyalar sohasidagi korxonalarning eksport faoliyatini jadallashtirish va ularning xalqaro bozorlar bilan integratsiyalashuvini kengaytirish maqsadida:

Prezidentning 2023-yil 11-sentyabrdagi «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–300-son qarori bilan IT sohada xizmatlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga, yaratilgan ish o‘rinlari sonini 100 mingtaga yetkazish, IT Parkda xorijiy kompaniyalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va ularning vakolatxonalari sonini 1 000 taga yetkazish vazifasi belgilangan.

Farmonga muvofiq, IT Park hududida raqamli texnologiyalar sohasida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan maxsus hudud sifatida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center –  ENTERPRISE UZBEKISTAN) tashkil etiladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-iyundan boshlab 5 yilgacha bo‘lgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.

Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi:

- raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha «tartibga solish qumdoni»ni joriy etish;

- bojxona va soliqqa tortish;

- mehnat munosabatlari;

- moliya va bank faoliyati;

- shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

- intellektual mulkni himoya qilish;

- tijorat va fuqarolik nizolarini ko‘rib chiqish belgilandi.

Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring