Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar keskin ko‘paydi

Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar keskin ko‘paydi

Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin oshib ketdi va 1694 kishiga yetdi. Bu haqda fuqaro mudofaasi rahbari Anjello Borrelli xabar berib o‘tgan.

O‘tgan bir kun davomida koronavirusdan yana 5 bemor vafot etgan. Shu tariqa Italiyada kasallik qurbonlari soni 34 kishiga yetdi. 80 nafar fuqaro esa tuzalib ketgan.

Borrellining aytishicha, kasallanganlarning 51 foizi ayni vaqtda o‘z uyida karantinda o‘tiribdi. Ularda hozircha koronavirus alomatlari ochiq ko‘rinmayapti. Yana 9 foiz bemorlar esa kasalxonada davolanmoqda.

Biroz vaqt muqaddam Italiya tashqi ishlar vazirligi mamlakatga sayyohlar kelishini cheklash borasida tavsiya bermasligini bildirgan edi. Biroq shu bilan birga vazirlik bir qator shaharlar karantin holatida ekanini ham eslatgan.

Ma’lum qilinishicha, butun dunyo bo‘ylab kasallanganlar soni 87,5 ming kishiga yetdi. Ulardan 2,9 mingdan oshig‘i vafot etgan bo‘lsa, 42,7 ming bemor tuzalib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring