Italiyaga koronavirus olib kelgan xitoylik qariyalar kasalxonadan tuzalib chiqdi

Italiyaga koronavirus infeksiyasini olib kelgan xitoylik qariyalar kasalxonadan tuzalib chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 66 va 67 yoshli chol-kampir Italiyaga Uxandan sayyoh sifatida kelgan va yanvar oyida Rim kasalxonalaridan biriga yotqizilgan. Garchi fevral oyi oxirlarida xitoyliklarda koronavirus infeksiyasi qolmagan bo‘lsa ham shifokorlar ularni ushlab turishga qaror qilishgan edi.
Ushbu juftlik Italiyada koronavirus aniqlangan ilk odamlar hisoblanadi. Ushbu holatdan so‘ng Italiya hukumati Xitoy bilan aviareyslarni to‘xtatishga qaror qilgan edi.
Ayni vaqtda Italiya koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan davlatlardan biri bo‘lib turibdi. Bu yerda 179 mingdan oshiq odam kasalga chalingan va ulardan 23,6 ming nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter