Ixtirochilar uni «eng aqlli uzuk» deb atadi

Barcha zamonaviy chip va datchiklar — «Bluetooth 5.0», «NFC», akselerometr, yaqinlashish datchigi, 4 gigabayt xotira va hatto mikrofonli dinamik o‘rnatilgan «Xenxo» uzugi taqdim etildi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
Mazkur imkoniyatlar oddiy uzukni ko‘p funksiyali qurilmaga aylantiradi, shu sababli ixtirochilar uni «eng aqlli uzuk» deb atadi.
Ixtirochilar birinchi navbatda uzukdan garnitura sifatida foydalanishni taklif etadi. Uzuk korpusidagi maxsus tugma yordamida tanlangan raqamga qo‘ng‘iroq qilish yoki «SOS» signalini yuborish mumkin. Suhbatlashish uchun esa uzukni quloqqa yaqinlashtirish kerak. Shuningdek, undan «Siri» yoki «Google» ovozli assistentlari bilan muloqot qilishda foydalanish mumkin.
Uzukdagi «NFC» orqali xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirsa bo‘ladi. Faqat bir narsa — qurilmaning xavfsizligi qanday ta’minlangani noma’lum. Axir unda barmoq izi yoki yuz skaneri mavjud emas. Shu sababli istalgan odam undan foydalanishi mumkin. Uzukning ichki xotirasini shaxsiy ma’lumotlar saqlash uchun ishlatsa bo‘ladi.
Yana bir kichik funksiya — uzuk yordamida smartfondagi musiqalar ketma-ketligini o‘zgartirish yoki uni shaxsiy budilnik sifatida ishlatish mumkin. Bunda uzuk muntazam vibratsiya berib turadi.
Ixtirochilarning so‘zlariga qaraganda, uzukning akkumulyatori quvvati 5 kun avtonom ishlashga yetadi.
«Xenxo» uzugini oldindan buyurtma qilish 189 dollar turadi. Uni 2019-yilning fevralidan boshlab yetkazib berish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter