Jahon banki mutaxassislari Mirobod tumani DXM faoliyati bilan tanishishdi

Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Jahon bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislari bugun, 14-avgust kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurishdi.
Mehmonlarga bu yerda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jahon banki vakillari — Alexandro Espinoza-Vang va Kristian De la Medina bu yerda olib borilayotgan ishlarga ijobiy baho berishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter