Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit ajratadi

Joriy yil 4-oktyabr kuni Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar ko‘rinishidagi moliyaviy paketni tasdiqladi.

Qayd etilishicha, ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishini jadallashtirishga qaratilgan.

Hukumatning Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan islohotlar dasturi, jumladan, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi, temir yo‘l va energetika sektorlarida samaradorlikni oshirish, davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mamlakatni atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarga tayyorligini oshirish kabi o‘ndan ortiq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Mablag‘lar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida mavjud bo‘lgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkalarida va kreditni qoplash uchun uzoqroq muddatlar bilan taqdim etiladi.

«Bu O‘zbekistonga dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi moliyaviy resurslarni tejashga yordam beradi», – deyiladi Jahon banki matbuot xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring