Jahon chempionati: o‘zbekistonlik yosh dzyudochilar musobaqani 1-o‘rinda yakunladi

Bolgariyada o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha kadetlar jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari 5 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘ardi va 71 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Oltin medal:
- Dilafruz Boltaboyeva (-40 kg)
- Xushnud Sultonov (-50 kg)
- Xushnudbek Burhonov (-55 kg)
- Inomjon Bahodirov (-81 kg)
- Umida Nig‘matova (+78 kg)
Bronza medal:
- Dilshod Karimov (-60 kg)
- Sa’dulla Ravshanov (-73 kg)
IJF bayrog‘i ostida qatnashgan rossiyalik dzyudochilar 4 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan ikkinchi, Braziliya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan uchinchi o‘rinlarni band qilishdi.
Shuningdek, aralash jamoaviy bahslarda ilk marta finalga yetib borgan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi. Dzyudochilarimiz murosasiz o‘tgan finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter