Jahon chempioni Tayson Fyuri yettinchi bor ota bo‘ldi
Og‘ir vaznda WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri va uning rafiqasi Peris yettinchi bor farzandli bo‘lishdi.
Britaniyalik oilada yana bir o‘g‘il dunyoga kelgan. Bunga qadar ularning Venesuela (13 yosh), Shahzoda Jon Jeyms (11 yosh), Shahzoda Tayson II (7 yosh), Valensiya Ember (5), Shahzoda Adonis Amasiya (4 yosh) va Afina (2 yosh) ismli farzandlari bor edi.
Kichkina Fyurining ismi hozircha oshkor etilmagan.
Oilaning umumiy boyligi 50 million funt sterlingga baholanganiga qaramay, Peris katta bolalarining chaqaloq kiyimlarini kichiklari uchun yuvish va qayta ishlatish bilan band, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter