Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Baxtiyor Rahmonqulov Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Rahmonqulov shu kunga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 21-dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev shahar hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring