Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyada yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyada yangi davlat rahbari nomi aniq bo‘ldi. 

"Toburo" liberal-demokratik partiyasidan nomzod Li Chje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidenti etib saylandi. Unga saylovchilarning deyarli 49 foizi ovoz berdi.

61 yoshli Li kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan bo‘lib, huquqshunoslik sohasida ta’lim olgan. U 2010-2017- yillarda Sonnam shahrini, 2018-2021-yillarda esa Kyongido provinsiyasini boshqargan. 2022-yildagi prezidentlik saylovlarida u Yun Sok Yoldan 1 foizdan ham kamroq farq bilan mag‘lub bo‘lgan.

Hukmron partiyadan nomzod bo‘lgan Kim Mun Su esa 42 foizdan oshiqroq ovoz to‘pladi. U allaqachon o‘z mag‘lubiyatini tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil oxirida Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qilishi ortidan lavozimdan ketdi. Sobiq rahbar zo‘rg‘a qamoq jazosidan qutilib qoldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring