Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘i qushlari (foto)

«Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘i qushlari (foto)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘i ilmiy xodimlari tomonidan qushlar tasvirga olindi.

Ma’lumot uchun, «Janubiy Ustyurt»da 100 turdan ortiq qushlar uchraydi. O‘zbekistonda esa jami 487 turdagi qushlar mavjud. Ulardan 52 turi Qizil kitobga kiritilgan.

Xususiyatiga ko‘ra, qushlarning 86 turi o‘troq, 122 turi uyalovchi, uchib o‘tuvchi, 63 turi faqat uchib o‘tuvchi, 80 turi uchib o‘tuvchi, qishlovchi, 16 turi qishlovchi, 54 turi uyalovchi, uchib o‘tuvchi va qishlovchi, 55 turi tasodifan uchib keluvchi (kamdan-kam holda uchrovchi) qushlar hisoblanadi.

O‘zbekistonda uchrovchi qushlarning 320 turi (67,2 foiz) migratsiyada ishtirok etadi.

Suratlar muallifi: ornitolog Sultan Tleumuratov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring