Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Qatar qisqa muddatli vizalar berishni 1-noyabrdan to‘xtatadi

JCh-2022. Qatar qisqa muddatli vizalar berishni 1-noyabrdan to‘xtatadi

Foto: Associated Press

Qatar hukumati 1-noyabrdan qisqa muddatli vizalar berishni to‘xtatishga qaror qildi. Sababi — mamlakat mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati. Xorijliklar Qatarga kirishi  uchun chipta va muxlislik kartasining o‘zi kifoya.

Qatar ichki ishlar vaziri vakili matbuot anjumanida xabar berishicha, jahon chempionati chiptasini sotib olib, muxlislik kartasini rasmiylashtirganlar 2022-yilning 1-noyabridan 23-dekabriga qadar Qatarga vizasiz kirishlari mumkin.

Xuddi shu davrda, shuningdek, ishchi vizasi borlar hamda Qatarda yashash huquqiga ega xorijliklar ham mamlakatga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati 2022-yilning 20-noyabridan 18-dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring