Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi chellenj e’lon qildi. G‘oliblar taqdirlanadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi chellenj e’lon qildi. G‘oliblar taqdirlanadi

Foto: Depo.ua

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin vaqtida vaqtni ko‘ngilli va samarali o‘tkazish uchun #uydaqol! #hayotgaqo‘shil! chellenjlarini e’lon qildi. G‘oliblar vazirlik tomonidan taqdirlab boriladi.

Chellenjda qatnashish uchun:

— karantinda uyda qolib oila a’zolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda o‘zingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;

— Ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashing.

Videoroliklarni baholashda:

— taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila a’zolari uy sharoitida sport bilan shug‘ullanish jarayoni aks etganligi;

— uyda sport bilan shug‘ullanish jarayoniga kreativ yondashuvi;

— videorolikning sifati;

— ishtirokchi(lar)ning uyda qolib sport bilan shug‘ullanishga da’vat etgan (chaqiriq) bo‘lishi;

— videoroliklar 3 daqiqadan oshmasligiga e’tibor qaratiladi.

Chellenj joriy yilning 6-26 aprel kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi. Har to‘rtinchi kunda chellenjning uch kunlik g‘oliblari aniqlanib, taqdirlab boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas