Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jiyan qarovsiz qoldirilgan bank kartasidagi pullarni o‘zlashtirdi

Jiyan qarovsiz qoldirilgan bank kartasidagi pullarni o‘zlashtirdi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiluvchi G.A. (1970-y.t.) uning bank kartasidan noma’lum shaxs 1 515 000 so‘m pulni yechib olgani yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ichki ishlarga murojaat qildi.  Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazining telegram-kanalida xabar berildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs Bo‘stonliq tumanida yashovchi B.B. (2001-y.t.) ekani aniqlangan.

Jabrlanuvchining jiyani ekani aytilgan B.B. qarovsiz qoldirilgan bank kartasining SMS-xabarnoma xizmatini bankomat orqali o‘zining telefoniga faollashtirib, so‘ngra pullarni yechib olgan.

B.B.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring