Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax va Sirdaryo ichki ishlar tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Jizzax va Sirdaryo ichki ishlar tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Jizzax va Sirdaryo viloyatlari ichki ishlar organlari tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Podpolkovnik O‘ktam Asqarov rotatsiya tartibida Sharof Rashidov tumani IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jizzax shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Jizzax shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Akmal Murodov esa Sharof Rashidov tumani IIB lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, podpolkovnik Isroiljon Nurmatov Do‘stlik tumani IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Bekzod Naimov Do‘stlik tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

***

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Soibov Jasur Yashin o‘g‘li Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, shuningdek, Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i vazifasida ishlab ketgan podpolkovnik Oybek Abdullayev Xovos tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring