Jizzaxda ayollar sumkasidan 220 million so‘mlik tilla o‘g‘irlandi
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.X. ichki ishlar organlariga murojaat qildi.
U arizasida Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan do‘konidagi ayollar sumkasida bo‘lgan 220 million so‘mlik 29 juft tilla zirak, 20 dona tilla uzuk, 6 dona tilla zanjir va 2 dona kulon o‘g‘irlanganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi 3-mavzeda yashovchi, turmushidan ajrashgan M.B. tomonidan sodir etilgani aniqlangani.
Taqinchoqlarning barchasi gumonlanuvchidan hujjatlashtirib olingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter