Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «BYD» va «Volkswagen» avtomobillari ishlab chiqariladi

Jizzaxda «BYD» va «Volkswagen» avtomobillari ishlab chiqariladi

Hukumatning ayrim hududlar iqtisodiy bazasini «yashil» iqtisodiyot tamoyillaridan kelib chiqib diversifikatsiyalashga doir qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, bu borada «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanadi va unda hududlarni klaster yondashuvi asosida sohalar bo‘yicha rivojlantirish, innovatsion ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, faoliyatni raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma yaratiladi.

Shuningdek, tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha pilot loyihalari va «yashil» tadbirkorlik hamda tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

«Yo‘l xaritasi»ga ko‘ra 2023-yilning dekabriga qadar «Jizzax avtomobil zavodi» «Volkswagen» rusumli avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil etadi.

2024-yilning apreliga qadar esa «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida «BYD» brendi ostida elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring