Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «Cobalt» yonib ketdi

Jizzaxda «Cobalt» yonib ketdi

Kecha, 10 avgust kuni soat 22:00larda, Jizzax shahar «Olmazor» MFY hududida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda «Cobalt» yonib ketdi.

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani Paxtaobod QFYda yashovchi haydovchi «Nexia» rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib, chorrahadan chapga qayirilib olayotgan, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani Paxtaobod QFYda yashovchi haydovchi boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasining orqa tomonidan kelib urilgan.

Natijada «Cobalt»da yong‘in kelib chiqqan. Ushbu yong‘in natijasida hech kim tan jarohati olmagan, biroq avtomashina to‘liq yonib ketgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB hamda Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring