Jizzaxda oltin qidiruvchilarni tosh bosib qoldi

Joriy yilnining 26-yanvar kuni G‘allaorol tumanining Buloqboshi qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi 4 nafar fuqaro hududdagi tog‘dan noqonuniy ravishda oltinli rudani qazishga kirishadilar. Mazkur jarayonda ularni tosh bosib qolgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 26 yanvar kuni Buloqboshi qishloq fuqarolar yig‘ini Avliyo qishlog‘ida yashagan to‘rt nafar fuqaro aholi yashash joyidan taxminan 7-8 km. uzoqlikda joylashgan tog‘dan o‘zlarini xavf ostiga qo‘yib, tog‘ bag‘riga 12-15 metr qazib kirib ruda olishayotgan paytda tosh fuqarolarni bosib qolgan. Buning oqibatida ikki nafar fuqaro chuqurdan chiqa olmasdan vafot etgan. 2 nafari esa turli xil darajadagi sinish va boshqa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter