Jo Bayden hamda Putin uchrashadigan joy va sana aniqlandi

AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuni Jenevada tashkil etiladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki xabar berdi.
Ushbu uchrashuv ikki prezidentning ilk yuzma-yuz muloqoti bo‘ladi. Qayd etilishicha, davlat rahbarlari AQSh-Rossiya munosabatlari, global muammolar bo‘yicha fikr almashadilar.
Mazkur uchrashuv bir nechta xalqaro sammitlar doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden va Putin o‘rtasida matbuot orqali tortishuv yuzaga kelgandi. Bayden Rossiya prezidentini 2020 yilda bo‘lib o‘tgan Amerika saylovlarga aralashgani uchun javob berishi kerak, degandi.
Putin Baydenning bu so‘zlariga hazilomuz, lekin achchiqqina javob qaytargandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter