Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden Tramp ma’muriyati harakatlarini keskin tanqid qildi

Jo Bayden Tramp ma’muriyati harakatlarini keskin tanqid qildi

Qo‘shma Shtatlarning 46-prezidenti Jo Bayden o‘z lavozimini tark etganidan keyin birinchi marta ommaviy nutq so‘zladi.

O‘z nutqida Bayden Donald Tramp ma’muriyatining harakatlarini keskin tanqid qildi. Biroq u nutqi davomida biror marta amaldagi prezidentning ismini tilga olmadi, uni «o‘sha yigit» deb tilga oldi.

«100 kundan kamroq vaqt ichida bu ma’muriyat shunchalik katta zarar va vayronagarchiliklarga olib keldiki, nafasingiz ichingizga tushib ketadi», – dedi Bayden.

Baydenning asosiy tanqidi Oq uyning ijtimoiy dasturlar va davlat xizmati apparatini qisqartirishi, shuningdek, muhojirlarga nisbatan choralar ko‘rishiga qaratildi. 

MA’lumot uchun, Trampning o‘zi muntazam ravishda Baydenni qattiq tanqid qiladi va uni «tarixdagi eng yomon prezident» deb ataydi. Trampning aytishicha, uning ma’muriyatining harakatlari asosan Bayden prezidentligi davrida hukm surgan «tartibsizlik»ni tuzatish zarurati bilan bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring