Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jomboyda 96 yoshli otaxon hovlisida ko‘knori ekkani aniqlandi

Jomboyda 96 yoshli otaxon hovlisida ko‘knori ekkani aniqlandi

19 may kuni soat 11:20 da Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori - 2020» tadbiri davomida, Jomboy tuman G‘orovtepa qishlog‘ida yashovchi 96 yoshli G‘.T.ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi va tomorqada ekilgan jami 122 tup yashil rangli, o‘tkir hidli, «ko‘knor» giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlandi. Ushbu 122 tup o‘simlik xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring