Jo‘rabek Mirzamahmudov «O‘zatom» agentligi bosh direktori vazifasidan ozod qilindi
Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — energetika vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi va «O‘zatom» agentligi bosh direktori lavozimlaridan ozod etilgani haqida xabar bergandik.
«O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyatidan iste’foga chiqarilganligi to‘g‘risida jamiyat aksiyadorlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan, «O‘zatom» agentligi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinishi kutilayotgan edi.
Bugungi xabarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Jo‘rabek Mirzamahmudovga Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zatom» agentligi bosh direktori vazifasini yuklatilganlik bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter