Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Prezident Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Rahimov Jo‘rabek Rahimovich nomzodini tavsiya etdi.
Nomzod viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sanoatni rivojlantirish, energetika quvvatlarini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi.
So‘ng Xorazm viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Jo‘rabek Rahimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
Ayni paytda sessiyada viloyatni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinmoqda, kelgusi reja va vazifalar belgilab olinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter