Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST navbatdagi epidemiya haqida tashvishli holatni e’lon qildi

JSST navbatdagi epidemiya haqida tashvishli holatni e’lon qildi

Foto: rbc.ru

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesus maymun chechagi epidemiyasini xalqaro favqulodda holat deb e’lon qildi.

Bu haqda u tashkilotning favqulodda qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita a’zolari bu masala bo‘yicha konsensusga erisha olishmagan, biroq virus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat belgilariga mos keladi.

«Xulosa qilib aytganda, bizda xalqaro tashvishli favqulodda holat mezonlariga sabab bo‘ladigan va butun dunyo bo‘ylab tez tarqaladigan epidemiya bor», dedi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha 75 mamlakat va hududlarda 16 000 dan ortiq maymun chechagi kasalligiga shubha qilingan holatlar qayd etilgan, ulardan besh nafari vafot etgan.

JSST 2007 yildan beri olti marta xalqaro favqulodda vaziyatlarni e’lon qilgan: jumladan, kovid, Ebola va Zika virusi kasalliklarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring