Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST rahbari «omikron»dan keyin yangi shtamm paydo bo‘lishini aytdi

JSST rahbari «omikron»dan keyin yangi shtamm paydo bo‘lishini aytdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning aytishicha, «omikron» variantining keng tarqalishi tufayli dunyoda koronavirus infeksiyasining yangi shtammlari paydo bo‘lishda davom etadi.

Bu haqda «Gazeta» ma’lum qildi.

«Ushbu pandemiya hali hech qayerda tugamagan va «omikron» shtammining global tarqalishi bilan yangi variantlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun vaziyatlar monitoring qilish va baholash juda muhim», —degan JSST rahbari.

Uning ta’kidlashicha, shu munosabat bilan jahon hamjamiyati COVID-19ga qarshi vaksinalarning teng taqsimlanishini ta’minlashi zarur.

O‘tgan haftada Shvetsiyaning Uppsala shahridagi Akademik laboratoriyada «omikron» shtammining yangi mutatsiyasi aniqlangan edi. Aniqlik kiritilishicha, subvariant 14 yanvar kuni uch kishida ro‘yxatga olingan va VA.2 deb nomlangan. Ayni paytda yangi mutatsiya haqida juda kam narsa ma’lum, deydi laboratoriya vakili Mats Martinel.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring