Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST xavfdan ogohlantirdi va niqobdan foydalanishga chaqirdi

JSST xavfdan ogohlantirdi va niqobdan foydalanishga chaqirdi

Foto: Xabar.uz

COVID-19 dan kasallanish holatlari davom etayotgani sababli JSST niqobdan foydalanishga chaqirdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus barchani niqob kiyishga va COVID-19 ga qarshi emlanishga chaqirdi, chunki ko‘plab mamlakatlarda bir necha haftadan beri kasallanish holatlari ko‘paymoqda.

«COVID-19, gripp va boshqa patogenlar keltirib chiqaradigan respirator kasalliklar soni bir necha hafta davomida ko‘plab mamlakatlarda o‘sib bormoqda va ta’tildan keyin ham davom etishi kutilmoqda», deb yozdi Tedros ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Shunday qilib, u barchani COVID-19 uchun testdan o‘tishga va kerak bo‘lganda tibbiyot xodimlariga murojaat qilishga undadi.

«Ta’sirni kamaytirish uchun niqoblar, xonalarni shamollatish va masofadan ishlashni davom eting va siz hamda yaqinlaringiz COVID-19 va grippga qarshi emlanganingizga ishonch hosil qiling», deya qo‘shimcha qildi JSST rahbari.

2023 yilning dekabr oyida dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni bir oy ichida 50 foizga oshgani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring