Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar Bosh prokuratura mutasaddilarini savollarga «ko‘mdi»

Jurnalistlar Bosh prokuratura mutasaddilarini savollarga «ko‘mdi»

Foto: Xabar.uz

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prokuratura organlarining joriy yil dastlabki besh oylik faoliyati yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev boshchiligida mahkama matbuot xizmati rahbari va qator boshqarma mutasaddilari ishtirokida o‘tgan tadbirda an’anaviy shakldan chekinildi. Ya’nikim, tadbir avvalida ommaviy axborot vositalari vakillariga o‘tgan vaqt davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar atroflicha bayon qilingan ma’lumotlar tarqatildi. Va aytildki, mana, qo‘lingizda ma’lumot, shundan kelib chiqib, qanday savollar bo‘lsa, marhamat. Turgan gap, tadbirning bunday shaklda boshlanishi g‘ij-g‘ij raqamlarga to‘la hisobotlarni hijjalab o‘qib berishga hojat qoldirmadi.

Bosh prokuror o‘rinbosari tadbirning «kirish qismi»ni shu tariqa muxtasar qilar ekan, ko‘plar bilmaydigan sana — bugun xalqaro blogerlar kuni ekanini eslatib, samimiy tabrikladi.

Ikki soatdan ko‘proq davom etgan tadbirda ko‘plab savollarga javob qaytarildi. Mavzu chegaralanmadi, tarqatilgan ma’lumotlar doirasidagina savol berilishi kerak, ma’nosida chegara qo‘yilgani yo‘q. Bundan tashqari tadbir nihoyasiga yetganidan keyin ham jurnalistlar Bosh prokuror o‘rinbosarini yo‘lakda savollarga tutdi, natijada adliya katta maslahatchisi tik oyoqda, boz erinmay javob qaytarishiga to‘g‘ri keldi. Kengroq o‘rganib javob beriladigan so‘rov mualliflarini esa mahkama idorasiga taklif etarkan, yetarlicha ma’lumot olish imkoniyati borligini alohida ta’kidladi.

Tadbirning asosiy mavzusi, savol-javoblar xususida yaqin daqiqalarda.

«Xabar.uz»ni kuzatib boring.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring