Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlaridan taralayotgan tutun koinotda ham ko‘ringan

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlaridan taralayotgan tutun koinotda ham ko‘ringan

Foto: «News.myseldon.com»

Kaliforniya o‘rmon yong‘inlaridan taralayotgan tutun koinotda ham qayd etilgan. 50 ming gektardan ortiq maydon yonib kul bo‘ldi. Jazirama issiq ob-havo tufayli yong‘in jadallik bilan tarqalmoqda. Ikki kishi halok bo‘lgani ma’lum, deya xabar berdi «MIR 24».

Mahalliy aholi dahshatli kadrlarni tasvirga olishgan. Ular hayotlarini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishyapti. Shosse bo‘ylab sayohat qo‘rqinchli tushning o‘zginasi. Hammayoqni alanga qurshab olgan, tutun tufayli yo‘lni ko‘rib bo‘lmaydi. Keng miqyosdagi yong‘inlarga ko‘plab momaqaldiroqlar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Yashin ko‘plab yong‘inlarni keltirib chiqargan. Birgina uch kun ichida meteorologlar 11 mingta chaqmoq urishini qayd etishgan.

Bundan tashqari, yong‘in tufayli elektroenergiya ta’minoti izdan chiqqan, o‘n minglab xonadonlar va korxonalar chiroqsiz qolishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring