Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamchatkada va Kuril orollarida 7,5–7,9 balli zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatkada va Kuril orollarida 7,5–7,9 balli zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatka sohillari yaqinida magnitudasi 7,5 balli zilzila sodir bo‘ldi. Avachin ko‘rfazi qirg‘oqlarida sunami xavfi e’lon qilindi, deb xabar berdi «Rossiya FA Yagona geofizika xizmati».

Mamlakat FVV xabariga ko‘ra, Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrining ayrim hududlarida magnituda 7-8 ballni tashkil etgan.

Kamachatka janubida, Kuril orollarida joylashgan Severo-Kurilskda esa 7,9 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan, sunami xavfi e’lon qilinib, aholini evakuatsiya qilish boshlangan. Bu haqda Saxalin gubernatori Valeriy Limarenko bayonot berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring