«Kanada AQShning 51-shtatiga aylanishi mumkin» — Tramp Tryudoga tahdid qildi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashuvda chegaradagi noqonuniy migratsiya muammosi tufayli uning mamlakati AQShning «51-shtati»ga aylanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Telekanal manbalariga ko‘ra, Tramp va Tryudo Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida uchrashgan. Tramp lavozimida ish boshlashi bilan AQShga kiritilayotgan mahsulotlarga 25 foizlik boj solishini ma’lum qilgan. Kanada voqealar rivoji bunday kechmasligining oldini olish uchun o‘z chegarasi orqali AQShga muhojirlarning noqonuniy kirishiga qarshi birgalikda kurashishi shart.
Tryudo Kanada mahsulotlari uchun bojlarning oshirilishi mamlakat iqtisodiyoti uchun salbiy ta’sir qilishini aytganida, Tramp buning chorasi AQShning 51-shtatiga aylanish ekanini ta’kidlagan.
Kanada chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda, jumladan, vertolyot patrullari soni ko‘paytiriladi, qo‘shimcha uchuvchisiz qurilmalar sotib olinadi, chegarachilar soni oshiriladi, deya Tryudo Trampga va’da bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter