Kanadada o‘rmon yong‘inlari to‘xtamayapti, 17 ming kishi uyini tark etdi

Kanadaning Manitoba provinsiyasida o‘rmon yong‘inlari maydoni kattalashib ketgani bois favqulodda holat e’lon qilinib, 17 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Havo harorati 37 darajagacha ko‘tarilgan, yer quruq — preriyalar birin-ketin o‘t olmoqda.
Provinsiya bosh vaziri Vab Kinyuning aytishicha, Manitoba tarixida hali bunchalik yirik evakuatsiya bo‘lmagan.
Ayniqsa, Flin-Flon shaxtyorlar shaharchasi ko‘p talafot ko‘rdi — uning aholisidan zudlik bilan uylarini tark etish so‘ralmoqda. Odamlar harbiy samolyotlarda ko‘chirilmoqda, chunki halokat zonasidan o‘tuvchi yagona yo‘l tiqilinch va shaxobchalarda yoqilg‘i tugagan.
Bir necha kun ichida Manitobadagi 200 ming gektarga yaqin o‘rmon yonib kul bo‘ldi.
Hodisaga iqlim o‘zgarishlari sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter