Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantinda saqlanayotgan 7 nafar fuqaro 15 sutkaga «kesildi»

Karantinda saqlanayotgan 7 nafar fuqaro 15 sutkaga «kesildi»

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «Energetiklar» sihatgohida karatinda bo‘lgan yetti nafar fuqaroga nisbatan  sud tartibida chora ko‘rildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga  Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ayni fuqarolar (uch nafar erkak, to‘rt nafar ayol) BAAning Dubay shahridan mamlakatimizga qaytgach, belgilangan tartibda qayd etilgan sihatgohga joylashtirilib, karatinga olingani aytiladi.  Hamma balo shundaki, o‘zlari karatinda ekaniga qaramay shu yilning 1-aprel kuni  belgilangan qoidalariga amal qilmasdan, har xil uyatli so‘zlar bilan ushbu sihatgohda saqlanayotgan boshqa fuqarolarning tinchligini buzganidan tashqari ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortishadi.

Natijada ularning barchasiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid hujjat rasmiylashtirishdan boshqa chora qolmaydi.

Bugun Yuqorichirchiq tuman ma’muriy sudi mazkur fuqarolarga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar mazmunan ko‘rib chiqildi.

Sud yakuniga ko‘ra, ularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Oliy mahkama matbuot xizmati alohida ta’kidlaydiki, bugungi kunda  yurtimizda karantin tartibi joriy etilgan bo‘lib, fuqarolarimizni koronavirus infeksiyasidan himoya qilish va ushbu infeksiyaga chalinganlarni davolash borasida izchillik bilan kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilayotgan bir vaziyatda yuqorida qayd qilingan kabi huquqbuzarliklarga murosasiz bo‘lish talab etilmoqda. Bundan har kim tegishli xulosa chiqarishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring