Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kasalni yashirsang…» – noqonuniy yo‘l bilan tilla olib kirishga urinish fosh bo‘ldi

«Kasalni yashirsang…» – noqonuniy yo‘l bilan tilla olib kirishga urinish fosh bo‘ldi

Farg‘ona viloyati So‘x tumani sudida fuqaro G.M.ning Turkiyadan 122,84 gramm zargarlik buyumlarini bojxona orqali deklaratsiya to‘ldirmasdan olib o‘tishga urinishi ortidan olib qo‘yilgan qimmatbaho buyumlarini qaytarib olishiga doir ish ko‘rib chiqildi.

Gup shundaki, ushbu fuqaro tilla buyumlarni mamlakat hududiga olib kirayotganda, dastlab ularni davlat bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, ya’ni noqonuniy yo‘l bilan kiritishga uringan. Ammo, bojxona nazoratida fosh bo‘lib qolgan.

Keyinchalik, fuqaro vaziyatning jiddiyligini anglab, davlat bojlarini to‘lash va belgilangan tartibda deklaratsiyani rasmiylashtirish orqali buyumlarni qaytarishga harakat qilgan.

Shu tariqa mazkur masala yuzasidan 2025-yil 25-avgustda sud tomonidan ijro hujjati chiqarilib, undiruvchi G.M. foydasiga zargarlik buyumlarini qaytarish bo‘yicha ishlar boshlangan.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida, barcha davlat bojlari to‘liq undirildi va deklaratsiya to‘ldirish jarayonlari qonuniy amalga oshirildi.

Natijada, 2025-yil 28-avgust kuni, fuqaro G.M.ga zargarlik buyumlari qonuniy yo‘l bilan, belgilangan tartibda qaytarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring