Kaspiy dengizi sathi pasayishda davom etyapti
2022-yilda Kaspiy dengizi sathi uzoq muddatli pasayish tendensiyasini davom ettirdi. Bu haqda Kaspiy dengizi gidrometeorologiyasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining axborot byulleteni ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning iyun oyida, ya’ni suv sathi eng yuqori bo‘lishi kerak bo‘lgan mavsumda Kaspiy dengizi sathi o‘tgan yilning iyuniga nisbatan 25 sm past bo‘lgan.
Axborotnomada qayd etilishicha, dengizda suv sathining pasayishiga asosiy sabablardan biri Volga daryosida ketma-ket ikkinchi yil kuzatilayotgan past oqimdir.
Masalan, joriy yilning 9 oyi davomida Volga daryosining suv oqimi atigi 173 kub kilometrni tashkil etgan. Bu esa 2021-yilning xuddi shu davriga (171 kub km) nisbatan bir oz yuqoriroq, xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter