Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta serjant Salim Umarov vafot etdi

Katta serjant Salim Umarov vafot etdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Yo‘l harakati xavfsizligi inspektori, katta serjant Salim Umarov 1-sentyabr kuni soat taxminan 19:00 da Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida navbatchilik qilayotganda uni «Lacetti» rusumli avtomashina urib ketgani xabar qilingandi.

Hodisa natijasida 30 yoshli inspektor tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgani va u reanimatsiyada ekani aytilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati brigadasi 2 bataloni 3-mobil guruhi inspektori katta serjant Umarov Salim Usmonali o‘g‘li vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring