Kattaqo‘rg‘ondagi AYoQShda yong‘in: qurbonlar bor

Samarqanddagi baxtsiz hodisada ikki kishi halok bo‘ldi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida 7-may kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi.
Taxminan 15:06 larda Qushtepa mahallasida joylashgan AYoQSh hovlisidagi hajmi 10 metr kub bo‘lgan 2 dona yoqilg‘i saqlovchi sig‘imda (solyarka) «ZIL» avtomashinasiga yoqilg‘i quyish vaqtida chaqnash yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oqibatda 2 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafar fuqaro jarohat bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter