Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kavkaz tomondan nam havo kirib kelyapti

Kavkaz tomondan nam havo kirib kelyapti

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» 10-13-may kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Bugun O‘zbekistonning barcha hududlari Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin va nam havo massasi ta’siri ostida bo‘ldi. Hududlarning katta qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni kunning me’yoriy qiymatlaridan 3-4° ga kam bo‘ladi va 20-25° dan yuqori bo‘lmaydi.

Ertaga faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kun davomida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° atrofida bo‘ladi.

Payshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga yana nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, bunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 mayda juma kuni nam va salqin havo massasi mamlakatimizning barcha hududlarini kamrab oladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Shimolda yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 12-17° ni, kunduz kunlari 12 mayda 23-28° ni tashkil etadi, 13 mayda yomg‘ir paytida 21-26° gacha pasayadi.

Hafta davomida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring