Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega idoralar ro‘yxati chiqdi

Davlat qabul komissiyasi iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik birlashmalar (88 ta tashkilot) ro‘yxatini tasdiqladi.
Bunday fuqarolar suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Mazkur toifadagi talabgorlar 2025-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 4 mingta davlat granti kvotasi ham hududlar kesimida taqsimlandi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 284;
- Andijon viloyati — 312;
- Buxoro viloyati — 180;
- Jizzax viloyati — 233;
- Qashqadaryo viloyati – 337;
- Navoiy viloyati — 196;
- Namangan viloyati — 382;
- Samarqand viloyati — 508;
- Surxondaryo viloyati — 318;
- Sirdaryo viloyati — 140;
- Toshkent viloyati — 218;
- Farg‘ona viloyati — 529;
- Xorazm viloyati — 275;
- Toshkent shahri — 88.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter