Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kelajak» markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovi miqdorlari belgilandi

«Kelajak» markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovi miqdorlari belgilandi

Hukumatning joriy yil 10-dekabrdagi 776-son qarori bilan «Kelajak» markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovini undirish va undan foydalanish tartibi belgilandi.

Qarorga ko‘ra, «Kelajak» markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovi oyiga BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi:

2026-yil 1-yanvardan:

  • Toshkent shahrida – 30 foiz;
  • viloyatlar markazlarida – 25 foiz;
  • respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazmning Urganch shaharlarida – 15 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmning qolgan tuman (shahar)larida – 10 foiz;

2026-yil 1-sentyabrdan esa:

  • Toshkent shahrida – 60 foiz;
  • viloyatlar markazlarida – 50 foiz;
  • respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida – 30 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida – 20 foiz.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga, joriy oy uchun to‘lov mazkur oyning 10-sanasidan kechikmasdan to‘lanadi. Bunda sentyabr oyi uchun to‘lov 30-sanaga qadar amalga oshiriladi.

Ota-onalar to‘lovidan quyidagilar ozod etiladi:

  • «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlari (ta’lim oluvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida);
  • alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat o‘quvchilari;
  • yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining inklyuziv sinflarida ta’lim oladigan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-sentyabridagi PQ–277-son qaror bilan maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida «Barkamol avlod» respublika bolalar maktabi hamda Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi negizida Respublika «Kelajak» markazi tashkil etilishi belgilangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring