Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelasi hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

Kelasi hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 13–15-may (dushanba-seshanba-chorshanba) kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 15-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja; 14-mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja; 15-mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +28...+32 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-mayda kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +30...+35 daraja; 14-mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +33...+38 daraja; 15-mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja; 14-15-mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi 13-mayda +30...+35 daraja; 14-15-mayda +33...+38 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja; 14-mayda kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +27...+32 daraja; 15-mayda kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-mayda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 14-15-mayda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring