Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelayotgan haftada ham jazirama davom etadi

Kelayotgan haftada ham jazirama davom etadi

Foto: Xabar.uz

Kelayotgan haftada ham jazirama davom etadi — «O‘zgidromet» 21–24-iyul (dushanba–payshanba) uchun e’lon qilgan ob-havo prognozi shuni ko‘rsatmoqda.

Prognozga ko‘ra, dushanba-seshanba kunlari respublikaning katta qismida havo harorati maksimumi +43 darajagacha, janub va cho‘llarda +45 darajagacha ko‘tariladi, chorshanba-payshanba kunlari esa hafta boshiga nisbatan 1—2 daraja pastroq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 21-23-iyulda 35-40°, 24-iyulda 37-42° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 21-22-iyulda 38-43°, 23-24-iyulda 36-41° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 21-22-iyulda 40-45°, 23-24-iyulda 38-43° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 21-23-iyulda 36-41°, 24-iyulda 35-40° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 21-22-iyulda 30-35°, 23-24-iyulda 27-32° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring