Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelgusi yetti yilda tuman va shaharlarda 700 ta yangi poliklinika quriladi

Kelgusi yetti yilda tuman va shaharlarda 700 ta yangi poliklinika quriladi

Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida tibbiyot sohasidagi rejalar haqida to‘xtaldi.

«Kelgusi yetti yilda tuman va shaharlarda 700 ta yangi poliklinika tashkil etiladi. Bu orqali, 3 million aholimiz uchun birlamchi tibbiy xizmatlar yanada yaqinlashadi.

Shuningdek, birlamchi bo‘g‘indagi barcha oilaviy shifokor punktlari, poliklinika va shifoxonalar ta’mirlanib, filtrlangan ichimlik suvi va issiq suv bilan to‘liq ta’minlanadi.

Gemodializ bo‘limlari soni 2 karra ko‘paytirilib, 200 taga yetkaziladi. Bu orqali barcha tuman va shaharlar mazkur xizmat bilan qamrab olinadi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, nomzodning ta’kidlashicha, har yili 1 million aholi jigar sirroziga olib keluvchi gepatit «B» va «S» bo‘yicha skriningdan o‘tkaziladi, gepatit «S»ga chalingan bemorlar to‘liq davlat hisobidan davolanadi.

Barcha tuman va shaharlarda xususiy sheriklik asosida MRT va MSKT yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun, 100 million dollar investitsiya yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring