Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kia Go!»: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

«Kia Go!»: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

2025 yil 22 iyun kuni shahar tashqarisida joylashgan Green Hills Resort kompleksi Kia Sonet egalari uchun haqiqiy tortishish nuqtasiga aylandi. Bu yerda yashillik va musaffo havo qo‘ynida «Kia Go!» shiori ostida O‘zbekistonda sevimli va xalqchil bo‘lgan krossoverning bir yilligiga bag‘ishlangan sport-ko‘ngilochar kuni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kunda barchasi chinakamiga bo‘ldi: jonli his-tuyg‘ular, drayv va birlik muhiti. Kia Sonet egalari esda qolarli sanani nishonlash uchungina emas, balki bir yil ichida Sonet shunchaki avtomobil bo‘libgina qolmay, mobillik, erkinlik va uslub ramziga aylanganini his qilish uchun yig‘ilishdi.

Tadbir dasturi mazmunli va yorqin tarzda o‘tkazildi: sport tadbirlari, jamoaviy o‘yinlar, o‘zbek an’analari va kinematografiyasi mavzusidagi intellektual kviz. Lekin ijodiy chellenj haqiqiy xit sifatida namoyon bo‘ldi, ya’ni kelajakning o‘z Kia’ini o‘ylab topish va taqdim etish. Ishtirokchilar o‘zlarini kutilmagan tomondan ko‘rsatdilar: ko‘p hazil-mutoyiba, kreativlik va haqiqiy ishtiyoq ko‘rsatildi. Kimdir quyosh batareyaga ega, kimdir o‘zbek tilida ovoz bilan boshqariladigan uchar Sonet’i taklif qildi. Har bir loyiha orzuning aksi kabi.

Tadbirlar oralig‘ida ishtirokchilar shinam launj-zonada dam olishdi, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi, xushbo‘y qahva ichishdi va kompleks restoranida tushlikdan bahramand bo‘lishdi. Bu shunchaki tadbir emas edi – bu umumiy qadriyatlarga ega bo‘lgan insonlarning uchrashuvi bo‘lib, unda nafaqat avtomobillar muhokama qilindi, balki shunchaki do‘stona muhitdan zavq olindi.

Xususan, xonanda Muhammadziyo jonli ijroda chiqish qilib, Kia Sonet’ga bag‘ishlangan yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi. Mazkur trek modelga bo‘lgan muhabbatning haqiqiy musiqiy e’tirofi bo‘ldi va barcha mehmonlarning qalbiga ta’sir qildi.

Kunning yakuniy qismida har bir ekipajga esdalik sovg‘alari topshirildi. Sovg‘alarni kun bo‘yi ishtirokchilar bilan birga bo‘lgan, musobaqada qatnashgan, qo‘llab-quvvatlagan va raqsga tushgan mashhur bloger va Kia ambassadorlari topshirdilar. Mashhurlar barcha bilan esdalik uchun suratga tushdilar.

«Kia Go!» ishtirokchilari e’tibor va chinakam iliq, samimiy muhit uchun tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildirishdi. To‘g‘ri hisoblangan vaqt, xayrixohlik muhiti va har bir ishtirokchiga g‘amxo‘rlik – tadbir eng mayda jihatlarigacha puxta o‘ylangani e’tirof etildi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashni istardikki, O‘zbekistonda model ishga tushirilgandan buyon 15 000 dan ortiq Kia Sonet avtomobillari o‘z egalarini topdi. Bu Kia brendiga avtohavaskorlar tomonidan bildirilayotgan ishonchning eng yaxshi tasdig‘idir. Sonet harakat va erkinlikni qadrlaydigan faol insonlarni birlashtirishga ulgurdi. «Kia Go!» loyihasi esa bu avtomobil ortida shunchaki brend emas, balki hamfikrlarning jonli hamjamiyati turganini yaqqol ko‘rsatdi. Bu esa katta yo‘lning boshlanishi, xolos.

Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan avtomobillarning xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va O‘zbekistondagi narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33
Sayt: http://kia.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan
Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot
YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring