Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In kema quruvchilarni jazolaydi

Kim Chen In kema quruvchilarni jazolaydi

Illyustrativ foto

Shimoliy Koreya hukumati uch mansabdorni harbiy kemani suvga tushirishdagi hodisa aybdori sifatida hibsga oldi.

KXDR markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar — kema qurilgan Chxonjin shimoliy verfi (kemalar quriladigan va ta’mirlanadigan joy) bosh muhandisi, qurilish rahbari va ma’muriy menejer. U «avariya uchun javob berishi» aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 21-may kuni besh ming tonna og‘irlikdagi yangi harbiy kema (esminets)ni suvga tushirish marosimi o‘tkazilgan. Tadbirga KXDR rahbari Kim Chen In tashrif buyurgan. Kemani suvga tushirishda muvozanat yo‘qotilib, uning bir qismi quruqlikka tushib, korpusi va tub qismiga jiddiy shikast yetgan.

Kim Chen In hodisani «ehtiyotsizlik, mas’uliyatsizlik va ilmsizlik» oqibatidagi jinoyat deya baholab, aybdorlar jazolanishini aytgandi.

Foto: X
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring