Kimlarga insulin bepul beriladi?
![Kimlarga insulin bepul beriladi?](http://static.xabar.uz/crop/3/0/720_460_95_3078248419.jpg)
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmat ma’lum qilishicha, 25 yoshdan oshgan qandli diabetga chalingan bemorlar insulin bilan bepul ta’minlanadi.
O‘zbekiston Prezidentining «Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlarni bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilangan.
Qarorga ko‘ra, endilikda:
- 25 yoshgacha bo‘lgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan bemorlar analogli insulin hamda o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqchalari) bilan;
- qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar, somatotrop yetishmovchilik bilan kasallangan bolalar hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va o‘sish gormoni) bilan;
- 25 yoshdan oshgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, shuningdek, qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan bemorlar odam insulini bilan;
- qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan hamda ehtiyojmand sifatida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da bo‘lgan bemorlar metformin dori vositasi bilan bepul ta’minlanadi;
- bemorlarga bepul beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlar markazlashgan tartibda xarid qilinadi hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari orqali taqsimlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter